Survey
* Your assessment is very important for improving the workof artificial intelligence, which forms the content of this project
* Your assessment is very important for improving the workof artificial intelligence, which forms the content of this project
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI Fakultet: Sharq filologiyasi Magistratura talabasi: M.R.Sayidqulova Kafedra: X.Sh.M.A Ilmiy rahbar: f.f.d. D.Z.Muhiddinova O‘quv yili: 2019-2021 Mutaxassisligi: Adabiyotshunoslik XX ASR BIRINCHI YARMIDA ZAMONAVIY YAPON DRAMATURGIYASIDA FOLKLOR MOTIVLARI (KINOSHITA JUNJINING “TUNGI TURNA” PYESASI MISOLIDA) MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Mazkur ilmiy ishning manbai sifatida dramaturg Kinoshita Junjining “Tungi turna” pyesasi tanlab olindi. Bu pyesa dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhur bo‘lsa-da, o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. Yaponiyada Meyji inqilobidan so‘ng adabiy jarayonlarning keskin rivojlanishining yapon teatri va dramaturgiyasiga ta’siri, shuningdek zamonaviy yapon teatri – “shingeki”ning vujudga kelishi va bu tetarning an’anaviy teatrlardan farqini ochib berish ishning dolzarbligini belgilaydi. Ushbu tadqiqot ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad zamonaviy yapon teatri – “shingeki” vakili Kinoshita Junjining xalq og‘zaki ijodi namunalarining zamonaviy dramaturgiya bilan o‘zaro uyg‘unlashtirilishi, ularda folklor motivlarining qo‘llanilishini yoritish bo‘lib, oldimizga dramaturg tomonidan yozilgan “Tungi turna” pyesasini asl manbasi bilan taqqoslab, tahlil qilish va misollar orqali ko‘rsatib berish kabi vazifalarni qo‘ydik. Ishimizda ilk bor zamonaviy yapon teatri – “shingeki ”dramaturgiyasi rivojlanishi, shuningdek, zamonaviy yapon dramalari mavzular ko‘lami dramaturg Kinoshita Junji pyesalari misolida o‘rganilib, tahlil qilinganligi ishning ilmiy yangiligini belgilaydi. Ilmiy rahbar: _______ f.f.d. D.Z.Muhiddinova Magistratura talabasi: _______ M.R.Sayidqulova